avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Fuqaro muhofazasi kuni

nomli blog obiljon-73
Наманган туман 23-сонли мактабда “Умумий ўрта таълим мактабларида “Ҳаёт ҳавфсизлиги асослари” фанини ўқитиш методикаси” мавзусида ўқув семинари ўтказилди 
 
      2015 йил 14 май куни мактабда «Фуқаро муҳофазаси куни” га бағишланган қўмондонлик-штаб ўқув машқи семинари ўтказилди. Семинарда жами мактабнинг 47 нафар ўқитувчиси ва 839 нафар ўқувчилари иштирок этдилар.
      Ўзбекистон Республикаси Бош вазири Фуқаро муҳофазаси бошлиғининг 2007 йил 10 ноябрдаги “Ўзбекистон Республикаси фуқаро муҳофазаси тузилмалари Низомини тасдиқлаш тўғрисида” ги 47-сонли буйруқининг мазмун ва мохияти нималардан иборат эканлиги, инсон ҳаёти учун аҳамияти нимада эканлиги, шунга кўра фавқулодда вазиятларда қандай ҳаракатланиш зарурлиги ҳақида тушунчалар бериб ўтилди. Табиий офатлар — сув тошкини, ер қимирлаши, потрлаш, қор кўчкиси, кучли шамол ва довул, ис газидан захарланиш, ёнғин чиққан каби холатлар содир бўлганда қандай ҳаракатланиш лозимлиги, ўқувчиларга қандай ёрдам кўрсатилиши, ташқарига чиқиш учун эвакуация чизмаларидан фойдаланиш, бинонинг хавфеиз жойларига яшириниш, кандай воситалардан фойдаланиш кераклиги ҳақида чиқиш ташкил этилди.
    Семинар давомида география фани ўқитувчиси Назарова Дилфуза 5-А синфда “Зилзиланинг келиб чиқиши ва унинг оқибатлари”, физика фани ўқитувчиси Юсупова Маҳфуза 8-Б синфда “Техноген хусусиятли фавқулодда вазиятлар ва улардан муҳофазаланиш”, биология фани ўқитувчиси Жўраева Раънохон 9-А синфда “Овқатдан заҳарланиш ва уни олдини олиш”, Бошлагғич синф ўқитувчиси Эргашева Малоҳат 2-А синфда “Ёнғин ҳавфсизлиги қоидалари. Ёнғинни олдини олиш уни ўчиришдан афзал”, Баҳриддинова Мунира 2-В синфда “Сел ва сув тошқинлари” мавзуларида дарс машғулотлари ўтказилди.
Дарс охирида ўқувчиларни қизиқтирган саволларга жавоб берилди.
 
Mening bobom va buvim-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom va buvim — mahallamiz faxri
 
Reja
1. Keksalarni e'zozlagan yurt.
2. Xonadonimiz ko'rki.
3. Buvijonim — ibrat maktabi.
 
Siz duo qilsangiz, bo'lgay ijobat,
                                                   Gullar izingizda fayzu barokat,
                                                   O'zingiz donishmand, so'zingiz hikmat,
                                                   Davr keldi-qandingiz uring, keksalar,
                                                   Qarilik gashtini suring, keksalar.
   Xalqimizning «Qariyalar-xonadonlarimizning fayzi va farishtasi» degan hikmatli iborasida chuqur ma'no bor. Darhaqiqat, qaysi xonadonda nuroniy otaxon yoki onaxon bo'lsa, bu oilada, albatta, fayzu baraka, farovonlik, ahillik bo'ladi.
   Keksalar — xurmat, izzat va e'zozga munosib. chunki ular yoshligini, kuc-qudratini shu aziz Vatan xizmatiga bag'ishlagan, farzandlarini tarbiyalab, kamolga yetkazgan, hayot quvonch va tashvishlarini boshdan kechirgan xalqimiz o'tmishining tirik guvohlaridir. Qolaversa, keksalarni e'zozlash — milliy qadriyat, xalqimizning boy ma'naviy merosi. Shunday ekan, keksalarimizni e'zozlash, xurmatlarini joyiga qo'yish davlatimiz miqyosida amalga oshirilishi bejiz emas.
   2015-yilni yurtboshimiz tomonidan «Keksalarni e'zozlash yili» deb nomlanishi bunday azaliy milliy qadriyatimiz mustaqilligimiz tufayli yana yuksalish pog'onasiga chiqqanligidan darak beradi.
Dasturxonning to'ri yarashar sizga,
Choponlarning zo'ri yarashar sizga,
                                                 Yrashar ajin ham sizga, alqissa,
        Choydan ho'plab suhbat quring, keksalar,
                                                 Qarilik gashtini suring, keksalar.
    Qaysi o'zbek xonadoniga tashrif buyursangiz dasturxonimz to'rida hamisha nuroniy otaxon va onaxonlar, yoshi ulug' keksalar. hech bir kunimiz, hech bir tadbirimiz ularsiz o'tmaydi. ular doim tog'day suyanchiq, dono maslahatchi, ilhom parisi, tartib posboni, tarbiya asosidir. Ular qadam qo'ygan davra fayzga, shodlikka to'ladi. Ularning hayot yo'li biz uchin ibrat maktabi.
Ona yurt fahrisiz, iftixorisiz,
     Navqiron vatanning ulugvorisiz.
          Bu yorug' kunlarning buyodkorisiz,
          Zahmatlar huzurin ko'ring, keksalar,
   Qarilik gashtini suring, keksalar.
   Mening mehribon buvijonimni qon-qarindoshlar, mahalladoshlar xurmatlab, «Oftobxon aya oftobday haroratli ayol», deyishadi.Ismlari hislatlariga xos buvijonim bu yil muborak 68 yoshni qarshiladilar. Lekin ularning g'ayratlari, shijoatlariga qoyil qolaman. Bir umr xalq xizmatida bo'lib, doimo xalollikni, birovning haqqiga hiyonat qilmaslikni, xushmuomalalikni, mehnatsevarlikni, oila sha'nini muqaddas saqlashni sharaf deb bilganlar. Qolaversa, men uchun eng aziz inson-dadajonimni dunyoga keltirib, o'qitib, uyli-joyli qilganlar, xalq xizmatiga kamarbasta inson qilib tarbiyalaganlar. onajonimni esa o'z qizlari qatori bilib, hayotni, oilani past-balandini o'rgatganlar.
    Bugun buvijonim sakkiz nafar o'gil-qiz, o'ttiz nafar nabira,o'n ikki nafar chevara, nabira kelin va kuyovlar ardog'ida keksalik gashtini surmoqdalar.Buvijonimning hayot yo'llari, pand-nasihatlari biz farzandlar uchun hamisha ibrat maktabi bo'lib qoladi.
Mo'tabar, nuroniy onaxonlarim,
                                                    Piru badavlatim, otaxonlarim,
       Dunyo tinchin so'rab turgan jonlarim,
  Dunyo turgunicha turing, keksalar,
                                                   Qarilik gashtini suring, keksalar.
 
Namangan viloyat Namangan tumanidagi 23-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchisi Zokirjonova Shodiya  

"Mening bobom va buvim-mahallamiz faxri" insholar tanlovi

Танловлар

Keksalari e'zoz topgan yurt

nomli blog obiljon-73
2015-yil Prezidentimiz tomonidan «Keksalarni e'zozlash yili» deb e'lon qilinishi barchamizga o'zgacha ruh baxsh etdi. chunki qaysi yurtda keksalar, nuroniy otaxon va onaxonlar xurmat hamda e'zoz topar ekan shu zaminda qut-baraka, fayz va mehr-oqibat qaror topadi. Xalqimizda «Qarisi bor uyning fayzi bor» dagan hikmatli iborasi bejiz emas. Shunday ekan keksalarimizni e'zozlash xalqimizning umrboqiy an'anasi bo'lib qolaveradi. Bunday muqaddas tuyg'uni yosh avlod ongiga singdirish biz murabbiylarning oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir. Maktabimizda ham 9-may «Xotira va qadrlash kuni» bayrami munosabati bilan turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Shunday tadbirlardan biri marhum pedagog «Xalq maorifi a'lochisi» Nishonboy Yo'lchiboyev xotirasiga bag'ishlandi. Tadbirda ustozning hamkasblari, do'stlari, mahalla faollari hamda shogirdlari ishtirok etdilar. N.Yo'lchiboyevning qizlari fahriy pedagog Komunaxon Yo'lchiboyeva o'quvchilarga ustozning bosib o'tgan shonli hayot yo'li va pedagoglik faoliyati to'g'risida so'zlab berdi. Shundan so'ng maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqish taqdim etildi.Tadbir davomida namoyish etilgan kuy-qo'shiq va milliy raqslar mehmonlarda katta taasurot qoldirdi.

Namangan tumanidagi 23-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi tarix fani o'qituvchisi «Shuhrat» medali sohibi", «Xalq ta'limi a'lochisi» Xoliqov Obiljon Zokirjonovich

"Dars muqaddas" tadbiri amalda.

nomli blog obiljon-73
Joriy yilning 6 may kuni Namangan tumanidagi 23-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida «Dars muqaddas» tadbiri asosida o'quvchilarga audio-video dasturlari hamda elektron darslilardan foydalanish" mavzusida o'quv seminari o'tkazildi. O'quv seminarida Namangan tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlahs va tashkil etish bo'limiga qarashli maktablarning ingliz tili fani o'qituvchilari qatnashib, ushbu maktabda xorijiy tillarni o'qitilishi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Ingliz tili fani o'qituvchilari Asqarova Nargiza, Rahimova Xursanoyning 1-B sinfda, Rahimova Ma'rifatning 5-A sinfda o'tgan bir soatlik darslarini kuzatdilar. Shundan so'ng maktab o'quvchilari tomonudan tayyorlangan she'riy chiqishlar, kuy-qo'shiq, raqs va sahna ko'rinishlaridan bahra oldilar. Ayniqsa, o'quvchilarning ingliz, rus va fransuz tillarida biyrob-biyron so'zlashlari tadbir qatnashchilarida katta taa'surot qoldirdi.

O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari O.Xoliqov